Ma'lumotlaringizni o'chirish
Muhib AI'dagi ma'lumotlaringizni istalgan payt o'zingiz o'chirishingiz mumkin:
- Bitta profilni o'chirish: saytga kiring → Sozlamalar → profil yonidagi O'chirish. Profilning tahlili, postlari, rasmlari, skrinshotlari va Instagram ulanishi (token) darhol o'chiriladi.
- Butun akkauntni o'chirish: Sozlamalar → Akkauntni o'chirish. Hamma profillar, Instagram ulanishlari, rasmlar va shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.
- Instagram ruxsatini bekor qilish: Instagram ilovasida Sozlamalar → Veb-saytlar va ilovalar (Apps and websites) bo'limidan Muhib AI'ni olib tashlang. Shundan keyin biz Instagram hisobingizga kira olmaymiz.
Saytga kira olmasangiz, bizga ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizni yozing — 3 ish kuni ichida hamma ma'lumotlaringizni o'chiramiz.